O‘rganishlar davomida “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasidan mablag‘ yo‘naltirish to‘g‘risida hamda “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasida shakllangan umumiy mablag‘larni yo‘naltirish bo‘yicha o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi.
Mazkur o‘rganishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — kiritilayotgan masalalarning asosliligi va maqsadli yo‘naltirilishini tahlil qilish, ularning ijrosi yuzasidan mas’uliyatni oshirish hamda sessiyada har tomonlama puxta va asoslangan qarorlar qabul qilinishiga ko‘maklashishdan iborat.