Olmazor mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati tahlil qilindi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi kotibiyat mudiri F. Xolmuratova, deputatlar A. Abdumurodov va O‘. Shukurov tomonidan Olmazor mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi.
📍 O‘rganish davomida mahalladagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy holat, aholi bilan olib borilayotgan manzilli ishlar hamda fuqarolarni qiynayotgan masalalarni aniqlash va hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
🔹 ishsiz fuqarolarni bandlikka yo‘naltirish;
🔹 kambag‘allikni qisqartirish va oilalar daromadini oshirish;
🔹 ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash;
🔹 tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirish;
🔹 fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holatiga alohida e’tibor qaratildi.
🤝 Mas’ullar bilan mavjud muammolarni mahalla darajasida aniqlash, tegishli tashkilotlarni jalb etgan holda ularni bosqichma-bosqich hal qilish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligini oshirish yuzasidan fikr almashildi.
📌 O‘rganish yakunlari bo‘yicha “mahalla yettiligi” faoliyatini yanada takomillashtirish va belgilangan vazifalar ijrosini kuchaytirish yuzasidan tavsiyalar berildi. 🇺🇿Rasmiy sahifalarimiz!