Qatorterak mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi kotibiyat mudiri F. Xolmuratova hamda Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiya raisi O‘. Shukurov tomonidan Qatorterak mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida mahalla yettiligi tomonidan aholi bilan ishlash, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish, bandlikni ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
📋 Shuningdek, ehtiyojmand oilalar bilan individual ishlash, ishsiz fuqarolarni daromadli mehnatga jalb etish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda mahalladagi mavjud muammolarni aniqlash va bartaraf etish jarayonlari ko‘rib chiqildi.
🤝 O‘rganish yakunida “mahalla yettiligi” faoliyatini yanada samarali tashkil etish, aniqlangan muammolarni manzilli hal etish hamda aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.
📌 Mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish va ularning natijadorligini oshirish bo‘yicha deputatlik nazorati davom ettiriladi.