Deputat hududdagi tadbirkorlik faoliyati bilan tanishdi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi O‘. Shukurov tomonidan hududdagi tadbirkorlarning faoliyati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida tadbirkorning issiqxonalar barpo etish uchun metall konstruksiyalar tayyorlash va payvandlash ishlari bilan yaqindan tanishildi.
🤝 Muloqot davomida tadbirkorning faoliyati, ishlab chiqarish jarayoni, mavjud imkoniyatlari hamda kelgusidagi rejalariga oid masalalar muhokama qilindi.
💼 Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini yanada kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi bandligini ta’minlash imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.
📌 Aniqlangan masalalar bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar berilib, tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning faoliyatini rivojlantirish yuzasidan hamkorlikni davom ettirish belgilandi.