Новости

Последние новости

янв.21
TOSHKENT SHAHAR KENGASHIDA JANUBIY KOREYA DELEGATSIYASI BILAN HAMKORLIK UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
O‘RGANISHLARNING YAKUNIY MANZILI — 1-SONLI TOSHKENT SHAHAR BOLALAR KLINIK SHIFOXONASI
янв.21
YUNUSOBOD TUMANI MARKAZIY KO‘P TARMOQLI POLIKLINIKASIDA AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATIDA IJRO INTIZOMI VA DEPUTATLAR FAOLLIGINI OSHIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
YASHNOBOD TUMANIDAGI 67-SON OILAVIY POLIKLINIKA FILIALIDA TIBBIY XIZMATLAR SIFATI VA KASALLIKLAR PROFILAKTIKASI O‘RGANILDI
янв.21
“IJODKOR” MAHALLASIDAGI 15 TA XONADONNI OQOVA SUV TARMOG‘I BILAN TA’MINLASH BO‘YICHA 700 METR YANGI TARMOQ QURISH REJALASHTIRILMOQDA
янв.21
TOSHKENT SHAHAR SOG‘LIQNI SAQLASH BOSHQARMASI FAOLIYATI O‘RGANILADI
янв.21
Til — millatning ma’naviy tayanchi va taraqqiyot mezoni
янв.21
“OTCHOPAR-1” MAHALLASIDAGI MINI FUTBOL MAYDONCHASI O‘RGANILDI
янв.21
“SHAROF RASHIDOV” MAHALLASIDAGI ICHKI YO‘L VA PIYODALAR YO‘LAGINI TA’MIRLASH BO‘YICHA TEGISHLI TOPSHIRIQLAR BERILDI
Suvdan foydalanish sohasida davlat xizmatlari ijrosi o‘rganilmoqda

Suvdan foydalanish sohasida davlat xizmatlari ijrosi o‘rganilmoqda

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan tabiatdan foydalanish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatilishining qonuniyligi va shaffofligini ta’minlash yuzasidan deputatlik nazorati olib borilmoqda.

📄 Shu munosabat bilan doimiy komissiya raisi F.Turayev tomonidan Pastdarg‘om tumani Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi direktori A.Turayev nomiga 2026-yil 2-oktabrdagi 76-kx-487-26-son rasmiy xat yuborildi.
🔎 Rasmiy xatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 255-son qarori talablari ijrosi yuzasidan aniq ma’lumotlar so‘raldi.
Jumladan:
💧 suvdan maxsus foydalanish yoki maxsus iste’mol qilishga ruxsatnoma olish bo‘yicha 2026-yilda kelib tushgan murojaatlar;
📊 qanoatlantirilgan va rad etilgan murojaatlar soni;
📑 berilgan ruxsatnomalar, ularning amal qilish muddati, suv o
lish manbalari va foydalanish maqsadlari;
⚖️ suvdan foydalanishda belgilangan limit va me’yorlarga rioya etilishi ustidan nazorat;
🚨 aniqlangan qonunbuzilish holatlari bo‘yicha ko‘rilgan choralar;
📢 aholi va iste’molchilarga davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi bo‘yicha tushuntirish ishlari;
💻 elektron tizimlardan foydalanish hamda arizalarni belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqish holati haqida ma’lumotlar so‘raldi.
📌 Shuningdek, so‘ralgan ma’lumotlarga tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari, statistik ma’lumotlar va zarur hollarda jadvallarni ilova qilish belgilangan.

🗓 Mazkur ma’lumotlarni 2026-yil 15-oktabrga qadar doimiy komissiyaga taqdim etish so‘ralgan.

🤝 Taqdim etiladigan ma’lumotlar doimiy komissiya tomonidan tahlil qilinib, suv resurslaridan foydalanish sohasida qonunchilik talablarining ijrosi va davlat xizmatlari ko‘rsatilishi holatiga deputatlik nazorati amalga oshiriladi.