Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi faoliyati
Deputat va hokim yordamchisi muloqoti: Nurobod mahallasidagi dolzarb masalalar e’tiborda
Uchrashuv va murojaatlar:
Tuman Kengashi deputati Nafosat Allaberganova hamda hokim yordamchisi Dilshodbek Matkarimov Nurobod mahallasi ko‘chaboshisi Farhod Jabborov bilan uchrashib, aholini qiynayotgan dolzarb masalalarni muhokama qildi.
O‘rganilgan asosiy masalalar:
Aholi tomorqalarini oqova (sug‘orish) suvi bilan ta’minlash;
19-sonli maktab o‘quvchilari xavfsizligi uchun Pitnak–Urganch temir yo‘li ostidan piroda o‘tish tunelini (yo‘lini) qurish.
Chora-tadbirlar:
Mazkur muammolarni hal etish yuzasidan deputat tomonidan tegishli mas’ullarga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Aholi xavfsizligi va turmush sharoitini yaxshilash – ustuvor vazifamizdir!