Yoshlar bilan samimiy muloqot — ularning kelajagiga berilgan e’tibor va ishonchning amaliy ifodasidir
Mamlakatimizda yoshlarning muammolarini tizimli hal etish, taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” etib belgilangan.
Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi deputati - Oqoltin tumani hokimi Xusnitdin Suvonov otaliqqa olingan yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot qildi. Suhbat davomida yoshlarning ta’lim olishi, qiziqishlari, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishi va kelajakdagi rejalari bilan yaqindan tanishildi.
Muloqot samimiy ruhda kechib, tuman hokimi yoshlar bilan rahbar sifatida emas, akalik maslahat va tavsiyalarini berib, ularni bilim olish, kasb egallash va o‘z oldiga aniq maqsadlar qo‘yishga chorladi.