Новости

Последние новости

янв.21
“SHAROF RASHIDOV” MAHALLASIDAGI ICHKI YO‘L VA PIYODALAR YO‘LAGINI TA’MIRLASH BO‘YICHA TEGISHLI TOPSHIRIQLAR BERILDI
янв.21
“BO‘STONOBOD” MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI VA HUDUDNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI YUZASIDAN O‘RGANISH UCHRASHUVI O‘TKAZILDI
янв.21
TOSHKENT SHAHRIDA AVTOBUS PARKINI YANGILASH VA JAMOAT TRANSPORTI XIZMATI SIFATINI OSHIRISH YUZASIDAN SAVOL YO‘LLANDI
янв.21
TOSHKENT METROPOLITENIDA YO‘LKIRA TARIFLARI, ELEKTRON TO‘LOV TIZIMI VA YO‘LOVCHILARGA BERILAYOTGAN IMTIYOZLAR YUZASIDAN SAVOL YO‘LLANDI
янв.21
TOSHKENT SHAHRIDA JAMOAT TRANSPORTI INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISH VA AVTOBUSLAR HARAKATIGA USTUVORLIK BERISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Ulug'bek Rasulovning "Доверие избирателей - ответственностъ депутата" mavzusidagi maqolasi bilan tanishing.
янв.21
“MUSTAQIL YURT” MAHALLASIDA MAVJUD MUAMMOLAR VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI DEPUTATLAR TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
BOLALAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH VA HUQUQIY SAVODXONLIKNI OSHIRISH — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
“BIZ KORRUPSIYAGA QARSHIMIZ” — 158-SONLI MAKTABDA HALOLLIK VA ADOLAT TAMOYILLARINI TARG‘IB ETISHGA QARATILGAN TANLOV O‘TKAZILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TOSHKENT SHAHAR KENGASHI: HAFTALIK ISH REJASI IJROSI VA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR
Fuqarolar murojaatlari e’tibor va nazoratda

Aholi bilan ochiq va bevosita muloqot qilish, ularning murojaatlarini tinglash hamda mavjud muammolarni joyida o‘rganish fuqarolar manfaatlarini ta’minlashning muhim omillaridan biridir.

Termiz shahar hokimi, xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati Sh.Lolayev tomonidan shahar Xalq qabulxonasida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
Ochiq muloqot tarzidada kechgan qabulda 36 nafar fuqaro tomonidan bildirilgan uy-joy ta’miri hamda qurilish sifati, kadastr, kommunal soha, bandlik, kredit ajratish, kontrakt to‘lovlari va tibbiy yordam ko‘rsatish kabi turli masalalarga oid murojaatlar tinglandi.

Ko‘rib chiqilgan murojaatlarning bir qismiga joyida huquqiy tushunchalar berilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab etadigan masalalar yuzasidan mas’ul tashkilot rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi.

Shahar hokimi aholi, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam murojaatlarini e’tiborsiz qoldirmaslik va ularni joyida hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Barcha murojaatlarning ijrosi shahar hokimligi tomonidan qat’iy nazoratga olindi.

Slide 1 of 9