O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-martdagi PQ-111-sonli hamda 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1 va PQ-2-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida tumandagi Navro‘z mahallasida aholi bilan uchrashuv tashkil etildi.
Unda Sardoba tumani hokimi deputat Ziyadulla Karimov, tuman prokurori Ravshanbek Norbayev, tuman IIB boshlig‘i Bekzod Sanayev hamda mahalla fuqarolari ishtirok etdi. Uchrashuv davomida mazkur qarorlarning mazmun-mohiyati, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, aholi o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida fuqarolar mahalladagi mavjud muammolar yuzasidan o‘z murojaatlarini bildirdilar. Ushbu murojaatlarni o‘rganish, ularning yechimi bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish va mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish masalalariga e’tibor qaratildi