O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-371-son Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Jumladan, mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish hamda kiberjinoyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot-tushuntirish ishlarini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish, profilaktika ishlarini yanada samarali tashkil etish hamda hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.