Новости

Последние новости

янв.21
YOSHLARNING TAKLIF VA TASHABBUSLARI TINGLANDI
янв.21
YASHNOBOD TUMANIDAGI “KATTA QO‘YLIQ” MAHALLASIDA KO‘P QAVATLI UYLARNING KOMMUNAL HOLATI VA AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
YASHNOBOD TUMANIDAGI “QO‘YLIQOBOD” MAHALLASIDA ELEKTR TA’MINOTI TIZIMINI YAXSHILASH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
YASHNOBOD TUMANIDAGI “YANGI DAVR” MAHALLASIDA KOMMUNAL SOHANI RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN O‘RGANISHLAR O‘TKAZILDI
янв.21
YASHNOBOD TUMANIDAGI “MOHIRLAR” MAHALLASIDA KOMMUNAL SOHAGA OID MUAMMOLAR O‘RGANILDI
янв.21
YASHNOBOD TUMANIDAGI “TASHISTI” MAHALLASIDA ELEKTR, GAZ VA KO‘CHA YORITISH TIZIMLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
OLMAZOR TUMANIDAGI 242-SONLI MAKTABDA TA’LIM SIFATI VA PREZIDENT FARMONI IJROSI DEPUTATLAR TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
“DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI”: TALABALARGA DEPUTATLIK FAOLIYATI VA MAHALLIY KENGASHLAR ISHI HAQIDA MA’LUMOT BERILDI
янв.21
Suhrob Saifnazarovning "Aholi murojaati - amaliy natijga aylanishi kerak!" mavzusidagi maqolasi bilan tanishing.
янв.21
TOSHKENT SHAHRIDAGI YIRIK BOZORLAR VA SAVDO MAJMUALARIDA YONG‘IN XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
Sumbula mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi Kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan deputat M.Azimov saylangan “Urg‘anjibog‘” saylov okrugi hududidagi “Sumbula” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda yangi daromad manbalarini yaratish yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, hokim yordamchisi S.Rahmonaliyev faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Mahalla haqida qisqacha ma’lumot:

Aholi soni — 3 512 nafar;

Oilalar soni — 647 ta;

Xonadonlar soni — 636 ta;

Amalga oshirilishi belgilangan mikro-loyihalar — 12 ta;

Hozirga qadar ishga tushirilgan mikro-loyihalar — 7 ta.

O‘rganish jarayonida aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar ham tahlil qilindi. Mahallada jami 25 nafar ishsiz fuqaro ro‘yxatga olingan bo‘lib, ularning 13 nafari ishga joylashtirilgan. Qolgan 12 nafar fuqaroni ish bilan ta’minlash bo‘yicha tegishli ishlar davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4