Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Axmedova tomonidan o‘z saylov okrugi hududiga qarashli “G‘alchasoy” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla raisi J.Yusupovning faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida mahalla raisining aholi bilan ishlash, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish, hududdagi mavjud muammolarni aniqlash va ularni tegishli tartibda hal etish borasidagi faoliyatiga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, mahallada amalga oshirilayotgan ijtimoiy yo‘nalishdagi ishlar, aholini qo‘llab-quvvatlash, ehtiyojmand oilalar bilan manzilli ishlash hamda fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi.
O‘rganish yakunida mahalladagi mavjud masalalarni tizimli hal etish, aholi bilan ochiq muloqotni yanada kuchaytirish hamda fuqarolar manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi