Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyeva, Kengash kotibiyati xodimlari hamda Ekspert guruhi a’zolari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–48-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tuman Kengashining 2026-yil 26-fevraldagi VII-19-14-1-19-K/26-sonli qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
Mazkur masala Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan bo‘lib, qarorda belgilangan vazifalarning amaldagi ijrosi, ko‘p kvartirali uylar atrofini obodonlashtirish va aholi uchun qulay sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.