Новости

Последние новости

янв.21
“YANGI AVAYXON” MAHALLASIDA FAVQULODDA VAZIYATLAR PROFILAKTIKASI VA MAHALLA “YETTILIGI” FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
POYTAXTDA ISSIQLIK TA’MINOTI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
“KO‘KCHA” MAHALLASIDA ZAMONAVIY BOLALAR MAYDONCHASINI BARPO ETISH MASALASI DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
MUSIQA VA SAN’AT MAKTABINING MODDIY-TEXNIK HOLATI HAMDA O‘QUVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
MUSIQA VA SAN’AT MAKTABLARINING KADRLAR SALOHIYATI VA ISTE’DODLI YOSHLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
CHILONZOR TUMANIDAGI 15-SON BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABIDAGI O‘RGANISHLARDAN FOTOLAVHALAR
янв.21
CHILONZOR TUMANIDAGI 15-SON BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“UCH AVLOD UCHRASHUVI” — TAJRIBA VA YOSHLAR SHIJOATI UYG‘UNLIGI
янв.21
O‘RGANISHLARNING SO‘NGGI MANZILI — 342-SONLI UMUMTA’LIM MAKTABI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI VA HUDUDDAGI DOLZARB MASALALAR — DEPUTAT E’TIBORIDA
OLIY TA’LIMNI TAMOMLAGAN YOSHLAR BANDLIGI — E’TIBORDAGI MASALA

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 23-“Nomdanak” saylov okrugidan saylangan deputat, Parkent tumani hokimi Po‘latov Elmurod To‘xtaboyevich ishtirokida tuman hokimligining kichik majlislar zalida oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan hamda ayni paytda ish izlayotgan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — oliy ma’lumotga ega, mehnat faoliyatini boshlash istagidagi yoshlarning ishga joylashish jarayonida duch kelayotgan muammolarini bevosita o‘rganish, ularning taklif va ehtiyojlarini tinglash hamda amaliy yechimlarni belgilashdan iborat bo‘ldi.
✅ Muloqot davomida, ayniqsa, oliy ta’limni tamomlagan yoshlarning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ish topishi, mavjud vakansiyalardan foydalanishi va egallagan bilimlarini amaliyotda qo‘llashi bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
🟢 Yoshlar tomonidan quyidagi masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi:
🔹 🎓 oliy ta’limda egallangan mutaxassislik bo‘yicha ishga joylashish;
🔹 📋 mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida to‘liq ma’lumot olish;
🔹 🏢 davlat va nodavlat tashkilotlaridagi munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirilish;
🔹 💻 zamonaviy kasb va ko‘nikmalarni egallash;
🔹 📈 mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarda tajriba orttirish;
🔹 💰 tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun mavjud imkoniyat va imtiyozlardan foydalanish;
🔹 🏥 sog‘liq va boshqa ijtimoiy masalalarda amaliy yordam olish.
✅ Uchrashuvda oliy ma’lumotli yoshlarning ish izlab, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha faoliyat boshlashda duch kelayotgan to‘siqlari alohida muhokama qilindi. Har bir murojaat mas’ullar ishtirokida ko‘rib chiqilib, tegishli tashkilotlar tomonidan amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
🟢 Ta’kidlanganidek, yoshlar bandligini ta’minlashda faqatgina mavjud vakansiyalarni taqdim etishning o‘zi yetarli emas. Bunda yoshning mutaxassisligi, bilim va ko‘nikmalari, kasbiy qiziqishi hamda mehnat bozoridagi ehtiyoj hisobga olinishi muhim.
🟢 Shu bois ish izlayotgan bitiruvchilarni tegishli tashkilot va korxonalarga yo‘naltirish, ularning kasbiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, zarur hollarda qo‘shimcha kasbiy tayyorgarlikdan o‘tkazish hamda bandligini ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.
🟢 Muloqot davomida yoshlarning muammosini eshitish bilan bir qatorda, har bir murojaat bo‘yicha aniq yechim topish va uning ijrosini nazorat qilish zarurligi qayd etildi.
‼️ Deputat Elmurod Po‘latov yoshlarni o‘z ustida muntazam ishlash, egallagan bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlash va mehnat faoliyatini boshlashda faol bo‘lishga chaqirdi.
🌱 Zero, bugun oliy ta’limni tamomlab, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha munosib ish izlayotgan har bir yoshning bandligini ta’minlash — uning kelajakdagi kasbiy rivoji va jamiyatdagi faol ishtiroki uchun muhim qadamdir.
🟢 Yoshlarning murojaatlari e’tiborda. Ayniqsa, oliy ta’limni tamomlab, ish izlayotgan yoshlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 9