Новости

Последние новости

янв.21
“NAVRO‘Z DEHQON BOZORI”DA XAVFSIZLIK CHORALARI O‘RGANILIB, O‘RGANISH ISHLARI YAKUNLANDI
янв.21
YEROSTI YONG‘IN GIDRANTLARINING TEXNIK HOLATI VA SUV TA’MINOTI MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
QORASUV-6 DAHASIDAGI KO‘P QAVATLI UYLARNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI VA YONG‘IN XAVFSIZLIGI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
“YANGI AVAYXON” MAHALLASIDA FAVQULODDA VAZIYATLAR PROFILAKTIKASI VA MAHALLA “YETTILIGI” FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
POYTAXTDA ISSIQLIK TA’MINOTI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
“KO‘KCHA” MAHALLASIDA ZAMONAVIY BOLALAR MAYDONCHASINI BARPO ETISH MASALASI DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
MUSIQA VA SAN’AT MAKTABINING MODDIY-TEXNIK HOLATI HAMDA O‘QUVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
MUSIQA VA SAN’AT MAKTABLARINING KADRLAR SALOHIYATI VA ISTE’DODLI YOSHLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
CHILONZOR TUMANIDAGI 15-SON BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABIDAGI O‘RGANISHLARDAN FOTOLAVHALAR
янв.21
CHILONZOR TUMANIDAGI 15-SON BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Fuqarolarning ijtimoiy holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 27-“G‘oziyog‘liq” saylov okrugidan saylangan deputat Sh.Rasulova tomonidan “Tug‘onboshi” mahalla fuqarolar yig‘inida aholi bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida fuqarolar bilan suhbatlashilib, ularning kundalik hayotida yuzaga kelayotgan masalalar, ijtimoiy ehtiyojlari va mavjud muammolari yuzasidan fikr almashildi.

Jumladan, Obod yurt ko‘chasi, 2-uyda istiqomat qiluvchi, Kambag‘allik reyestrida turuvchi fuqaro B.Ziyayevaning ijtimoiy sharoiti o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida fuqaroga muntazam ijtimoiy yordam ko‘rsatib kelinayotgani, mavjud ehtiyojlari tegishli tartibda nazorat qilib borilayotgani qayd etildi. Shuningdek, kelgusida zarur yordam va ko‘mak choralarini ko‘rish yuzasidan fikr almashildi.

Fuqaroning ijtimoiy holatini o‘rganish va zarur ko‘mak bilan ta’minlash masalasi deputat nazoratida.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3