♻️Xalq deputatlari tuman Kengashi 25-okrug deputati M.Nazarov “Obod to‘qimach” MFY hududida bo‘lib, Navbahor ko‘chasi 1/17-uyda yashovchi D.Baxromova xonadonida kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.
♻️O‘rganish davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj va daromadi past oilalarning bandligini ta’minlash, doimiy daromad manbalarini yaratish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda kasb-hunarga o‘qitish masalalariga e’tibor qaratildi.
♻️Aniqlangan muammolar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, oilalar bilan manzilli ishlash va ularning muammolariga individual yondashish bo‘yicha vazifalar belgilandi.