Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Ergasheva tomonidan deputatlik faoliyatining 24 ta muhim yo‘nalishi doirasida amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.
Jumladan, 1-“O‘zbekiston” saylov okrugiga qarashli “Yoshlik” mahallasida joylashgan 3-sonli Maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati qat'iy nazoratga olindi.
O‘rganish jarayonida ta’lim muassasasining isitish tizimlari, zaxira imkoniyatlari hamda bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar yaqindan ko‘zdan kechirilib, mas’ullarga mavsumni betalofat o‘tkazish bo'yicha zarur tavsiyalar berildi.