Новости

Последние новости

янв.21
MADANIYAT SOHASIDAGI SESSIYAOLDI O‘RGANISHLARIDAN FOTOLAVHALAR
янв.21
SESSIYAOLDI O‘RGANISHLARI YAKUNIY MANZILDA DAVOM ETTIRILDI
янв.21
MADANIYAT SOHASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILMOQDA
янв.21
Toshkent shahar Kengashi deputati Sevara Fayziyevaning "Toshkent-barchamizning umumiy uyimiz" mavzusidagi maqolasi bilan tanishing.
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN 169-MAKTABDAGI 2500 NAFARDAN ZIYOD O‘QUVCHI UCHUN YANGI SPORT MAYDONCHASI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR: EKOLOGIK MAS’ULIYAT VA AMALIY TASHABBUSLAR
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA: “KATTA OQTEPA” MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
BANK-MOLIYA AKADEMIYASIDA USTOZ VA MURABBIYLARGA YUKSAK EHTIROM KO‘RSATILDI
янв.21
“Sharof Rashidov” mahallasidagi piyodalar yo‘lagini kengaytirish masalasi takroriy deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
TUGATISH YOKI TO‘XTATISH...

«Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida»gi Qonunda mahalliy Kengash deputati vakolatlarini “tugatish” qoidalari belgilangan bo‘lib, ularning vakolatlarini “to‘xtatish”ga oid norma mavjud emas.
Quyidagi hollarda Kengash qarori bilan deputat vakolati tugatiladi:
o‘z xohishiga ko‘ra — deputat iste’fo berish haqida yozma ariza bersa;
sud qarori bilan — deputat sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilsa yoki vafot etgan deb e’lon qilinsa;
ayblov hukmi — deputatga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirsa;
O‘zbekiston fuqaroligini yo‘qotsa;
chaqirib olish — saylovchilar tomonidan ishonch bildirilmasa, maxsus qonun asosida;
vakolatga zid vazifa — deputatlik maqomiga mos kelmaydigan lavozimga tayinlansa (hokim, sudya yoki huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi);
vafot etsa.
«Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi Qonunning 24-moddasida mahalliy Kengashlarning vakolatlaridan biri sifatida qonunchilikda belgilangan hollarda va tartibda xalq deputatlarining vakolatlarini e’tirof etish va “muddatidan oldin to‘xtatish” belgilangan.
Masalaning asl mohiyati quyidagicha:
Tugatish — muayyan faoliyatga to‘la yakun yasashni nazarda tutsa, to‘xtatish — faoliyat yoki jarayonni vaqtincha to‘xtatish va muayyan sharoitda uni tiklash imkoniyati mavjudligini bildiradi.
Yuqorida sanalgan asoslarga ko‘ra, deputatning vakolat muddati tugatiladi.
Daxlsizlik huquqidan mahrum qilingan deputatning vakolati tugatilmaydi. Kengash deputatga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atishga yoki qamoqqa olishga rozilik bersa, bu uning deputatlik maqomidan mahrum bo‘lganini anglatmaydi. U tergov va sud jarayonida ham deputatlik maqomini saqlab qoladi.
Vakolatlar qachon tugaydi?
Deputatning vakolatlari faqat sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgandan keyin (Qonunning 3-moddasi, 3-bandiga asosan) Kengash qarori bilan muddatidan oldin tugatiladi.
Agar deputatga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llanilsa, u jismonan Kengash faoliyatida ishtirok eta olmaydi, o‘z vakolatlarini bajarish imkoniyatini yo‘qotadi.
Garchi qonunchilikda aniq asoslari belgilanmagan bo‘lsa-da, faqat shu holatdagina yuridik jihatdan deputat faoliyatini to‘xtatish (vaqtincha to‘xtatish) to‘g‘risida qaror qabul qilish mumkin.