Новости

Последние новости

янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va murojaatlar sohasi
янв.21
“SHON-SHUHRAT” MAHALLASIDAGI ISSIQ SUV TARMOQLARI YANGILANMOQDA
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va murojaatlar sohasi
янв.21
“CHARXNOVZA” MAHALLASIDAGI “OTALAR OROMGOHI” — NURONIYLAR UCHUN QULAY MASKAN YARATISH DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va murojaatlar sohasi
янв.21
“ZANGIOTA” MAHALLASIDAGI DOLZARB MASALALAR DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
“Mohirlar” mahallasidagi Murabbiylar ko‘chasiga tezlikni o‘lchovchi radar o‘rnatish masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
Mulk va raqobat sohasi
янв.21
Mulk va raqobat sohasi
янв.21
AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA BARQAROR DAROMAD MANBALARINI YARATISH — DEPUTAT E’TIBORIDA
Istirohat bog‘ida yaratilayotgan sharoitlar o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat N.Nadirova va kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan tumanning “Ma’rifat” mahallasidagi “Bog‘i Eram” istirohat bog‘ida aholiga yaratilayotgan sharoitlar yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

🟢O‘rganish davomida istirohat bog‘ida obodonlashtirish va hududni ko‘kalamzorlashtirishga qaratilgan ishlar amalga oshirilayotgani aniqlandi. Xususan, aholi va bog‘ga tashrif buyuruvchilar uchun qulay harakatlanish imkoniyatini yaratish maqsadida piyodalar uchun yo‘laklar qurish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, yashil hududlarni kengaytirish, mavjud daraxt va o‘simliklarni parvarishlash hamda hududning umumiy ko‘rinishini yaxshilash bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

🟢Bog‘dagi mavjud inshootlar va obodonlashtirish elementlarini tartibga keltirish maqsadida bo‘yoqlash ishlari ham olib borilayotgani ko‘zdan kechirildi. Deputat tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning sifatli bajarilishi, piyodalar uchun yo‘laklarning qulay va xavfsiz tashkil etilishi, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini izchil davom ettirish hamda aholi uchun munosib dam olish sharoitlarini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

🟢O‘rganuv yakunida istirohat bog‘ida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarini belgilangan talablar asosida sifatli yakunlash va yaratilgan sharoitlarni asrab-avaylash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 7