Новости

Последние новости

янв.21
SESSIYAOLDI O‘RGANISHLARI YAKUNIY MANZILDA DAVOM ETTIRILDI
янв.21
MADANIYAT SOHASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILMOQDA
янв.21
Toshkent shahar Kengashi deputati Sevara Fayziyevaning "Toshkent-barchamizning umumiy uyimiz" mavzusidagi maqolasi bilan tanishing.
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN 169-MAKTABDAGI 2500 NAFARDAN ZIYOD O‘QUVCHI UCHUN YANGI SPORT MAYDONCHASI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR: EKOLOGIK MAS’ULIYAT VA AMALIY TASHABBUSLAR
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA: “KATTA OQTEPA” MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
BANK-MOLIYA AKADEMIYASIDA USTOZ VA MURABBIYLARGA YUKSAK EHTIROM KO‘RSATILDI
янв.21
“Sharof Rashidov” mahallasidagi piyodalar yo‘lagini kengaytirish masalasi takroriy deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
BOLALAR UCHUN MUNOSIB SHAROIT — 94-SONLI DMTTDA MAVJUD MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI
TUMAN KENGASHINING YIGIRMA IKKINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

Sessiya kun tartibida:

✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 13-dekabrdagi “Surxondaryo viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-438-son qarorining tumandagi ijrosi bo‘yicha 2026-yil o‘tgan davrida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Qumqo‘rg‘on tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Eshqobilov Zayniddin Egamberdievichning hisoboti tinglandi.

✅ Qumqo‘rg‘on tumanida 2026-yil 2-mavsum, 15-iyuldan 31-avgustga qadar O‘zbekiston Respublikasi “Ochiq budjet” Portali orqali Tumanda istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan ovoz berish jarayoni yakuni bilan g‘olib deb topilgan eng ko‘p ovoz to‘plagan takliflarga “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi birinchi o‘rinbosari Abdimuratov Oybek Boyg‘o‘zievichning hisoboti tinglandi.

✅ Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tumani Kengashining 2026-yil 5-martdagi VII-16-12-8-114-K/26-sonli qarorining 1-ilovasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida tuman Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i Norboev Maxmanazar Soatmo‘min o‘g‘lining hisoboti tinglandi.

✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-387-sonli qaror ijrosi yuzasidan tuman markaziy ko‘chalarida tadbirkorlik subektlari chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatini ko‘rsatganlik bo‘yicha tariflarni tasdiqlash to‘g‘risida Qumqo‘rg‘on tumani Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari Xolmatov Shokir Dusnazarovichning hisoboti hamda sessiya ishida boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Sessiyada har bir masala yuzasidan keng muhokamalar o‘tkazilib, deputatlar mas’ullardan o‘z savollariga javoblar, holatlar yuzasidan izohlar olishdi. Yakunda, kun tartibidagi har bir masala bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 3