Новости

Последние новости

янв.21
DEPUTATNING SAYLOVCHILAR BILAN AXBOROT UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TADI
янв.21
“KATTA OQTEPA” MAHALLASIDA AHOLI MUROJAATLARI VA HUDUDDAGI DOLZARB MASALALAR YUZASIDAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI
янв.21
SENAT KENGASHI MAJLISIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI BILAN ISHLASH SAMARADORLIGINI OSHIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
“KATTA OQTEPA” MAHALLASIDA KOMMUNAL XIZMATLAR, KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK VA OBODONLASHTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
“KATTA OQTEPA” MAHALLASIDA BOLALAR O‘YIN MAYDONCHASI HOLATI DEPUTATLAR TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
“SHAROF RASHIDOV” MAHALLASIDA YO‘L HARAKATINI TARTIBGA SOLISH BO‘YICHA TEGISHLI TOPSHIRIQLAR BERILDI
янв.21
Toshkent shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi
янв.21
YAKKASAROY TUMANIDAGI SHOTA RUSTAVELI KO‘CHASIDA PIYODALAR YO‘LAKLARINI YORITISH MASALASI DEPUTATLIK SO‘ROVI ORQALI KO‘TARILDI
янв.21
TOSHKENT SHAHRIDA KOMMUNAL TA’MINOT VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILADI
янв.21
TOSHKENT SHAHAR KENGASHIDA JANUBIY KOREYA DELEGATSIYASI BILAN HAMKORLIK UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI
🏛 Doimiy komissiya majlisida ijro intizomi va fuqarolar murojaatlari tahlil qilindi

🏛 Doimiy komissiya majlisida ijro intizomi va fuqarolar murojaatlari tahlil qilindi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Kengash raisi Xidirbaeyev Rashid Xidirbayevich, “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiya raisi Gayliyev Shamirat Kurbanmiradovich, Kengash kotibiyati mudiri Matniyazov Akbar Qadirovich hamda komissiya a’zolari ishtirok etdi.

📋 Majlis davomida Taxiatosh tumani hokimligida ijro intizomiga rioya etilishi, fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish jarayoni hamda ularga taqdim etilayotgan javoblarning mazmuni va sifati atroflicha tahlil qilindi.

💬 Muhokamalar yakunida mavjud masalalarni bartaraf etish, murojaatlarni ko‘rib chiqishda qonuniylik va mas’uliyatni ta’minlash yuzasidan tegishli fikr va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 3