Новости

Последние новости

янв.21
DEPUTATNING SAYLOVCHILAR BILAN AXBOROT UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TADI
янв.21
“KATTA OQTEPA” MAHALLASIDA AHOLI MUROJAATLARI VA HUDUDDAGI DOLZARB MASALALAR YUZASIDAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI
янв.21
SENAT KENGASHI MAJLISIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI BILAN ISHLASH SAMARADORLIGINI OSHIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
“KATTA OQTEPA” MAHALLASIDA KOMMUNAL XIZMATLAR, KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK VA OBODONLASHTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
“KATTA OQTEPA” MAHALLASIDA BOLALAR O‘YIN MAYDONCHASI HOLATI DEPUTATLAR TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
“SHAROF RASHIDOV” MAHALLASIDA YO‘L HARAKATINI TARTIBGA SOLISH BO‘YICHA TEGISHLI TOPSHIRIQLAR BERILDI
янв.21
Toshkent shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi
янв.21
YAKKASAROY TUMANIDAGI SHOTA RUSTAVELI KO‘CHASIDA PIYODALAR YO‘LAKLARINI YORITISH MASALASI DEPUTATLIK SO‘ROVI ORQALI KO‘TARILDI
янв.21
TOSHKENT SHAHRIDA KOMMUNAL TA’MINOT VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILADI
янв.21
TOSHKENT SHAHAR KENGASHIDA JANUBIY KOREYA DELEGATSIYASI BILAN HAMKORLIK UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI
"Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (O‘RQ-474)

"Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (O‘RQ-474)

Qonunning asosiy maqsadi davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish, inson huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish, davlat organlari faoliyatida qonuniylik va mas'uliyatni kuchaytirishdan iborat.

Mazkur Qonunga ko‘ra, jamoatchilik nazoratining subyektlari fuqarolar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etilgan jamoatchilik kengashlari hisoblanadi. Ular davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini kuzatish, tahlil qilish hamda aniqlangan muammo va kamchiliklar yuzasidan takliflar kiritish huquqiga ega.

Qonunda jamoatchilik nazoratining asosiy shakllari sifatida jamoatchilik monitoringi, jamoatchilik eshituvi, jamoatchilik ekspertizasi, jamoatchilik muhokamasi, jamoatchilik fikrini o‘rganish, fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish natijalarini tahlil qilish, ommaviy axborot vositalari orqali jamoatchilik nazoratini amalga oshirish hamda qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllar belgilangan.

Qonun davlat organlari va tashkilotlariga jamoatchilik nazorati subyektlari bilan hamkorlik qilish, ularning qonuniy so‘rovlarini ko‘rib chiqish, zarur axborotlarni qonunchilikda belgilangan tartibda taqdim etish hamda jamoatchilik nazorati natijalarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish majburiyatini yuklaydi.

Ushbu Qonun fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, davlat organlari faoliyati ustidan samarali jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish, korrupsiyaning oldini olish, davlat boshqaruvida ochiqlik va hisobdorlikni ta'minlash hamda fuqarolarning davlat va jamiyat hayotidagi faolligini oshirishda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.  

Slide 1 of 1