#Kengash_raisi
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#haftalik_ish_reja_ijrosi
MAKTAB KUTUBXONASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi raisi S. Nazarov tomonidan 11-Sabzipoya saylov okrugi deputati S. Ikromov saylangan Sabzipoya MFY hududidagi 13-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi kutubxonasi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida kutubxonadagi mavjud adabiyotlar fondi, kitoblarning saqlanish holati, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda ularni kitob mutolaasiga keng jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
Shuningdek, o‘quvchilarning badiiy adabiyotlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, mutolaa madaniyatini shakllantirish va yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Kitob — bilim manbai, kutubxona esa ma’rifat maskanidir. Shu bois maktab kutubxonalarida o‘quvchilar uchun munosib sharoitlar yaratish, kitobxonlikni keng targ‘ib etish va yosh avlodning ma’naviy kamolotini qo‘llab-quvvatlash muhim vazifalardan biridir.