Новости

Последние новости

SABZIPOYA MFYDA YOSHLAR BILAN ISHLASH FAOLIYATI O‘RGANILDI

#deputat_faoliyati
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#haftalik_ish_reja_ijrosi
#KQ_35

SABZIPOYA MFYDA YOSHLAR BILAN ISHLASH FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 11-Sabzipoya saylov okrugi deputati S. Ikromov tomonidan o‘zi saylangan Sabzipoya MFYda “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar”ning 1-bandi ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.

O‘rganish davomida mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni turli tadbir va loyihalarga jalb qilish hamda bandligini ta’minlash borasidagi faoliyat samaradorligi ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, ishsiz yoshlarni aniqlash, ularning qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqib kasb-hunarga yo‘naltirish, ish bilan ta’minlash hamda yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularning muammolariga amaliy yechim topish va bandligini ta’minlash bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini deputatlik nazorati asosida kuzatib borish muhimligi ta’kidlandi.