Новости

Последние новости

Tashabbusli budjet loyihasi – amalda!

Tashabbusli budjet loyihasi – amalda!
Xalq deputatlari tuman kengashi deputati M.Qudratova Navro‘z MFY hududida Tashabbusli byudjet axborot portali orqali g‘olib bo‘lgan sunʼiy qoplamali futbol maydoni qurilishi jarayoni bilan tanishdi.
Tashrif davomida deputat qurilish ishlarining borishi, bajarilgan ishlar hajmi va sifati, loyiha bo‘yicha belgilangan muddatlarga rioya etilishi holatini o‘rgandi. Shuningdek, quruvchilar bilan suhbatlashib, ishlarni sifatli va o‘z vaqtida yakunlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berdi. Shu bilan birga deputat "Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, №O‘RQ-406 ijrosini o‘rgandi.

Slide 1 of 3