Новости

Последние новости

Chorsu bozori hududida sanitariya-tozalik va jamoat tartibi holati o‘rganildi

Chorsu bozori hududida sanitariya-tozalik va jamoat tartibi holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati, Namangan shahar hokimi Ayubxon Kamalov tomonidan "Chorsu dehqon universal bozori" hamda unga tutash hududlarda sanitariya-tozalik holati, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, noqonuniy savdo holatlarining oldini olish, piyodalar va transport vositalari harakati uchun yaratilgan sharoitlar hamda obodonlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

Deputatlik nazorati davomida hududning sanitariya holati, jamoat tartibiga rioya etilishi, piyodalar harakatiga xalaqit berayotgan omillar va obodonlashtirish ishlari holati ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, hududda sanitariya-tozalikni ta’minlash, jamoat tartibini yanada mustahkamlash hamda fuqarolar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 6