Новости

Последние новости

YOSHLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI — DEPUTATLIK NAZORATIDA

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 21-“Nevich” saylov okrugidan saylangan deputat Yoqubova Xusnora Abduxamidovna tomonidan “Qizilsoy” mahallasida yoshlar yetakchisining faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi.
📌 O‘rganish jarayonida mahalla raisi, mahalla fuqarolari hamda yoshlar vakillari ishtirok etib, hududdagi yoshlar bilan ishlash tizimi, mavjud muammolar va ularni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.
📌 Suhbat va o‘rganish davomida yoshlar yetakchisining yoshlar bilan yaqindan ishlashi, ularning qiziqishlari, ehtiyojlari va muammolarini o‘rganishi hamda mavjud masalalarni amaliy hal etishga qaratilgan faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi.
🎓 Yoshlarni ta’limga jalb etish, ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, turli ta’lim imkoniyatlaridan samarali foydalanishiga ko‘maklashish borasidagi ishlar tahlil qilindi.
💼 Yoshlar bandligini ta’minlash yo‘nalishida ularni munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirish, kasb-hunar egallashiga ko‘maklashish va mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklarga qiziqtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
📌 Yoshlarning kasb-hunar va tadbirkorlikka qiziqishini qo‘llab-quvvatlash, o‘z biznesini boshlash istagidagi yoshlarning tashabbuslarini yuzaga chiqarish hamda mavjud imkoniyatlardan foydalanishiga ko‘maklashish yoshlar yetakchisi faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida qayd etildi.
📌 Shu bilan birga, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport, madaniyat, san’at va turli foydali mashg‘ulotlarga jalb qilish, iqtidorli va faol yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar ham o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahalla fuqarolari tomonidan yoshlar bilan bog‘liq masalalar, ularning bandligi, ta’lim olishi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi. Ushbu fikrlar asosida yoshlar bilan ishlashni yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
📌 O‘rganish yakunida yoshlar bilan individual ishlashni kuchaytirish, ularning muammolarini manzilli o‘rganish, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan tavsiyalar berildi.
🌱 Yoshlar — mahalla kelajagi!
📚 Har bir yoshga — e’tibor va imkoniyat!
💼 Bandlik va kasb — barqaror kelajak sari qadam!
⚠️ Yoshlar tashabbusi — yangi imkoniyatlar manbai!

Slide 1 of 3