XONADONDA TASHKIL ETILGAN ISSIQXONA FAOLIYATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi raisi S. Nazarov hamda Navro‘z MFY raisi tomonidan mahalla fuqarosi Naimov Bahrom xonadonida tashkil etilgan issiqxona faoliyati bilan tanishildi.
O‘rganish davomida issiqxonada yetishtirilayotgan mahsulotlar, mavjud imkoniyatlar hamda xonadonning daromad manbaini kengaytirish borasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, xonadon sohibining issiqxonadan samarali foydalanish, mahsulot yetishtirish hajmini oshirish va oilaviy daromadlarini ko‘paytirish bo‘yicha tajribasi o‘rganildi.