Новости

Последние новости

MAHALLA FAOLIYATI O‘RGANILDI

MAHALLA FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi raisi S. Nazarov hamda tuman Kengashi 13-Mehnatobod saylov okrugi deputati N. Ilmurodova tomonidan deputat saylangan Navro‘z MFY faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganish davomida mahallada aholi bilan ishlash, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mahalla hududini obodonlashtirish, aholining ijtimoiy masalalarini hal etish hamda fuqarolar bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.