Новости

Последние новости

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🌷 USTOZLAR E’ZOZDA!

1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 4-Uch-yog‘och–Qorabog‘ saylov okrugi deputati K.Xashimova tomonidan “Qorabog‘” mahallasidagi 35-sonli umumta’lim maktabining faxriy ustozi G‘afforova Hidoyat ustoz xonadoniga tashrif buyurildi.

Tashrif davomida ustozning ta’lim-tarbiya yo‘lidagi ko‘p yillik fidokorona mehnati, yosh avlodni kamol toptirishga qo‘shgan munosib hissasi e’tirof etilib, samimiy tilaklar bildirildi.

🌷 Ustozga hurmat — millatga hurmat!

Barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan chin qalbdan muborakbod etamiz! Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz!

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 1