Новости

OBOD MAHALLA” DASTURI: AKBAROBOD MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI👇👇👇

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Musayeva Dilnoza Mirzaxidovna “Akbarobod” mahallasida bo‘lib, hududda “Obod mahalla” davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

🔹Tashrif davomida mahalladagi mavjud holat, infratuzilmani yaxshilash, hududni obodonlashtirish, ko‘chalarni tartibga keltirish hamda aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalalari o‘rganildi.

✅Shuningdek, hududdagi mavjud muammolar va fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar ko‘rib chiqilib, ularni manzilli va o‘z vaqtida hal etish yuzasidan mas’ul mutasaddilar bilan fikr almashildi hamda tegishli takliflar bildirildi.

📌Deputatlik nazorati doirasida hududdagi ishlarning ijrosi va aholi murojaatlari o‘rganilishi davom etadi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 2