Новости

Последние новости

NURAFSHON MFY YETTILIGI FAOLIYATI O‘RGANILDI

NURAFSHON MFY YETTILIGI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 3-Nurafshon saylov okrugi deputati K. Abdullayeva saylangan hududdagi Nurafshon MFY yettiligi faoliyati Kengash kotibiyati mudiri A. Avliyakulov tomonidan “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar” asosida o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalla yettiligi tomonidan aholi bilan ishlash, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Shuningdek, deputatning mahalladagi faoliyatini yanada samarali tashkil etish hamda aholi muammolarini manzilli hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3