🏫 43-maktabda ta’lim sifati va obodonlashtirish masalalari o‘rganildi
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi, 25-Tallashqon saylov okrugidan saylangan deputat Tursunov Otabek Tojiyevich tomonidan biriktirilgan hududlarda ta’lim muassasalaridagi shart-sharoitlar, obodonlashtirish ishlari hamda o‘quvchilarning ta’lim olishi uchun yaratilgan imkoniyatlarni o‘rganishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
📍 Shu maqsadda Sherobod tumani «Boyqishloq» mahallasida joylashgan 43-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, maktabdagi mavjud shart-sharoitlar va amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
🌿 Jumladan, maktab hududining obodonlashtirilishi, tozaligi va ko‘kalamzorlashtirilishi, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda ta’lim jarayonining tashkil etilishiga e’tibor qaratildi.
📚 Shuningdek, o‘quvchilarning darslarga qatnashish davomat holati, ta’lim-tarbiya jarayoni va yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
🔎 O‘rganish davomida aniqlangan masalalar muhokama qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, maktab hududini yanada obodlashtirish hamda ta’lim jarayonini takomillashtirish yuzasidan kelgusida amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.
🤝 Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati doirasida izchil davom ettiriladi.
✨ Sifatli ta’lim, obod maktab va munosib sharoit — farzandlar kelajagining muhim omilidir!
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.