Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati, tuman hokimi Saidaliyev A. tomonidan “Otchopar-1” MFY, Darvozakent ko‘chasi, 60-uy manzilida joylashgan Fan olimpiadalari markazida olib borilayotgan rekonstruksiya va qurilish ishlari jarayoni o‘rganildi.
🔎O‘rganish davomida:
🔹Qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi va bajarilayotgan ishlar sifati ko‘zdan kechirildi;
🔹Binoning fasad qismi, ichki xonalar hamda hududni obodonlashtirish bo‘yicha belgilangan vazifalar tahlil qilindi;
🔹Yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish uchun markazda zamonaviy va qulay shart-sharoitlar yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.
✅Deputat tomonidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda qurilish ishlarini loyiha talablari asosida sifatli tashkil etish, aniqlangan masalalarni o‘z vaqtida hal etish va ishlarning ijrosini nazorat qilish bo‘yicha tegishli takliflar bildirildi.
📌Deputatlik nazorati — hududlarni rivojlantirish va aholi uchun munosib shart-sharoitlar yaratishning muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Bizni kuzatishda davom eting!