Новости

Последние новости

янв.21
Deputatlarning mahallalarda aholi bilan ishlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Orol MFYda jinoyatchilikning oldini olish ishlari tahlil qilindi
янв.21
Yangi o‘quv binosi — yoshlar kelajagi uchun muhim qadam
янв.21
Maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Yangihayotda yo‘l ta’mirlash ishlari nazoratda
янв.21
“Termiztumangaz” bo‘limining hisoboti muhokama qilindi
янв.21
Jamoat xavfsizligi ta’minoti bo‘yicha hisobot ko‘rib chiqildi
янв.21
Bino zamonaviy mebel va jihozlar bilan ta’minlanib, xodimlarning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan.
янв.21
Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan yangi ma’muriy bino foydalanishga topshirildi
янв.21
Fuqarolarning muammo va takliflari o‘rganildi
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining ish rejasi ijrosi: Bahoriston MFYda muhim o'rganishlar olib borildi

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining ish rejasi ijrosi: Bahoriston MFYda muhim o'rganishlar olib borildi

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D.Safarova o'zining deputatlik faoliyati hamda Kengashning doimiy komissiyalari raislari bilan birgalikda Bahoriston MFY hududida amaliy o'rganishlar tashkil etdi.

Mazkur tadbir Kengashning tasdiqlangan ish reja ijrosini o'z vaqtida va sifatli bajarilishini ta'minlash, shuningdek, mahallada infratuzilmani tubdan yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yaqindan nazorat qilish maqsadida o'tkazildi.

O'rganish jarayonida hududdagi mavjud muammolar, aholining murojaatlari hamda yo'llar, elektr energiyasi, ichimlik suv ta'minoti va boshqa ijtimoiy sohalardagi ishlar holati atroflicha ko'rib chiqildi.

Mas'ullar tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi tashkilot rahbarlariga tegishli ko'rsatmalar berilib, ijrosi qat'iy nazoratga olinishi belgilandi.