Новости

Последние новости

янв.21
Orol MFYda jinoyatchilikning oldini olish ishlari tahlil qilindi
янв.21
Deputatlarning mahallalarda aholi bilan ishlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Yangi o‘quv binosi — yoshlar kelajagi uchun muhim qadam
янв.21
Maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Yangihayotda yo‘l ta’mirlash ishlari nazoratda
янв.21
“Termiztumangaz” bo‘limining hisoboti muhokama qilindi
янв.21
Jamoat xavfsizligi ta’minoti bo‘yicha hisobot ko‘rib chiqildi
янв.21
Bino zamonaviy mebel va jihozlar bilan ta’minlanib, xodimlarning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan.
янв.21
Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan yangi ma’muriy bino foydalanishga topshirildi
янв.21
Fuqarolarning muammo va takliflari o‘rganildi
Oilaviy shifokorlik punkti faoliyati va yaratilgan sharoitlar o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat J.Sadirov tumandagi “Soyliq” oilaviy shifokorlik punkti faoliyati, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, tibbiy muassasaning moddiy-texnik holati hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi.

🔻O‘rganish davomida oilaviy shifokorlik punktida aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatish, fuqarolarni qabul qilish va tibbiy xizmatlarni zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etish bo‘yicha ishlar yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi. Shuningdek, muassasa faoliyatida raqamlashtirish jarayonlari joriy etilgani, tibbiy xizmatlarni elektron shaklda tashkil etishga alohida e’tibor qaratilayotgani ma’lum qilindi. Aholiga dori vositalarini tayinlash jarayonida elektron retseptlar tizimi ham yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonini yanada qulay va shaffof tashkil etishga xizmat qilmoqda.

🔻Muassasaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati ham ko‘zdan kechirildi. O‘rganish jarayonida qish mavsumi uchun zarur ko‘mir zaxirasi mavjudligi aniqlanib, isitish mavsumini barqaror o‘tkazish uchun zarur choralar ko‘rilgani qayd etildi. Kadrlar bilan ta’minlanganlik holati ham o‘rganilib, oilaviy shifokorlik punktida belgilangan 4 ta shifokorlik shtat birligidan 3 tasi band qilingani ma’lum bo‘ldi. Mavjud tibbiy xodimlar tomonidan aholiga xizmat ko‘rsatish ishlari amalga oshirilmoqda.

🔻Shu bilan birga, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish, raqamlashtirish jarayonlaridan samarali foydalanish, elektron retseptlar tizimining uzluksiz ishlashini ta’minlash hamda mavjud bo‘sh shifokorlik shtat birligini to‘ldirish masalalariga e’tibor qaratish bo‘yicha mas’ullarga tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5