35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

FUQAROLAR MUAMMOSI — DEPUTATLIK NAZORATIDA

FUQAROLAR MUAMMOSI — DEPUTATLIK NAZORATIDA

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati J. Axmedov mahalla yettiligi bilan hamkorlikda Ittifoq mahallasining Katta hovli ko‘chasi, 8-uyda yashovchi fuqaro Ibragimova Mehrinisoning oilaviy va ijtimoiy holatini o‘rgandi.
O‘rganish davomida oilaning yashash sharoiti, ijtimoiy ehtiyojlari, mavjud muammolari hamda ularni hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi. Fuqaroning murojaatlari tinglanib, aniqlangan muammolarni qonunchilikda belgilangan tartibda, manzilli va amaliy choralar asosida hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Deputat tomonidan oilani qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarga yechim topish hamda tegishli mas’ullar bilan hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan zarur vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 1