35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

DORIXONA FAOLIYATI O‘RGANILDI

DORIXONA FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 12-Soliobod saylov okrugi deputati Z. Achildiyev tomonidan o‘zi saylangan Soliobod MFY hududida faoliyat yuritayotgan dorixonalardan birining faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida dorixonada dori vositalarining saqlanishi, yaroqlilik muddati, narxlarning belgilanishi hamda aholiga xizmat ko‘rsatish sifati bilan bog‘liq holatlarga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, fuqarolarning dori vositalariga bo‘lgan ehtiyojlari, ularni zarur preparatlar bilan ta’minlash masalalari yuzasidan fikr va takliflari o‘rganildi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, aholiga sifatli va xavfsiz farmatsevtika xizmatlarini ko‘rsatish muhimligi ta’kidlandi.

Deputatlik nazorati — fuqarolar manfaatini himoya qilish va muammolarni joyida o‘rganishning muhim vositasidir.

Slide 1 of 2