35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

#24_ta_masala_ijrosi 📌 Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha nazorat tahlili olib borildi

#24_ta_masala_ijrosi
📌 Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha nazorat tahlili olib borildi

Aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarning doimiy daromad manbalarini yaratish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida Xalq deputatlari tuman Kengashiga 3-Qirqishloq Abdaxatov Ne’matulla Aralovich tomonidan joyiga chiqqan holda Baxmal mahalla fuqarolar yig’inida nazorat-tahlil ishlari olib borildi.
Nazorat davomida 24 ta tavsiya bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar o‘rganilib, ularning ijrosi holati tahlil qilindi. Mas’ullar tomonidan bajarilgan ishlar, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan tegishli ma’lumotlar o‘rganildi.
🤝 Aholi bandligini ta’minlash — hudud ijtimoiy-iqtisodiy rivojining muhim omilidir.

Slide 1 of 4