35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari va Kengash kotibiyati tomonidan 16-17 sentabr kunlari amalga oshirilgan ishlar yuzasidan
янв.21
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari va Kengash kotibiyati tomonidan 14-15 sentabr kunlari amalga oshirilgan ishlar yuzasidan dayjesti
янв.21
Suyultirilgan gaz ballonlari bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
MAKTABDAGI SPORT ZALLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Deputatlik so‘roviga asosan chiqindilar masalasi o‘rganildi
янв.21
MAHALLADA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVIGA JAVOB: MUAMMO IJOBIY YECHIM TOPDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SHAXSIY TARKIB HUJJATLARI DAVLAT ARXIVI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MODDIY-MADANIY MEROS OBYEKTI HOLATI O‘RGANILDI
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi

#deputatlik_nazorati_Uchtepa #deputat_sorovi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "17-Guliston" saylov okrugi deputati Tursunova Shahnoza Jurakulovna tomonidan O'zbekiston mahallalar uyushmasining Uchtepa tumani bo'limi boshlig‘i Laziz Yusupovga navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi.

⚠️ Mazkur deputatlik so'rovida Fuqarolar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar hamda A.Sog‘uniy mahalla hududini o‘rganish davomida mahalla binosining texnik va sanitariya holati qoniqarsizligi, binoda ta’mirlash ishlarini zudlik bilan amalga oshirish zarurligi yuzasidan murojaatlar bildirilganligi, mahalla binosi holati joyiga chiqib o‘rganilganda, binoning ichki devorlarida keng va uzun yoriqlar mavjudligi, ayrim joylarda suvoq va bo‘yoq qatlamlarining ko‘chib tushgani hamda devor yuzasining jiddiy darajada shikastlangani aniqlanligi hamda ayrim yoriqlar eshik va devor tutashgan qismlardan boshlab yuqori va yon tomonlarga tarqalgani qayd etilgan.

🕯 Shuningdek, binoning shift qismida suvoq va pardoz qatlamlarining ko‘chishi, namlik izlari va qoraygan joylar mavjudligi, ayrim qismlarda shift yuzasining yemirilgani ko‘rinadi. Devor va shiftlarda kuzatilayotgan ushbu holatlar binoning umumiy foydalanish sharoitiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligi, shuningdek, binoning shift qismida suvoq va pardoz qatlamlarining ko‘chishi, namlik izlari va qoraygan joylar mavjudligi, ayrim qismlarda shift yuzasining yemirilgani, devor va shiftlarda kuzatilayotgan ushbu holatlar binoning umumiy foydalanish sharoitiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani asoslar bilan keltirilgan.

  📈 Shu munosabat bilan, yuqoridagilardan kelib chiqib:

✍️ A.Sog‘uniy mahalla binosining texnik holatini belgilangan tartibda mutaxassislar ishtirokida batafsil o‘rganib, mavjud yoriqlar, devor va shiftlarning shikastlangan qismlari hamda namlikdan zararlangan joylar bo‘yicha tegishli xulosa berish;

✍️ shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, fuqarolar va mahalla xodimlari xavfsizligini ta’minlash, zarur hollarda binoni kapital ta’mirlash, rekonstruksiya qilish yoki boshqa maqbul choralarni belgilash bo‘yicha amaliy ishlarni tashkil etish;

✍️ ko‘rilgan choralar, mutaxassislar xulosasi, binoning texnik holati bo‘yicha aniqlangan kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan belgilangan ishlar va muddatlar to‘g‘risida qonunchilikda belgilangan muddatlarda yozma ravishda asoslantirilgan javob taqdim etish so'ralmoqda.

🗣 Deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala yuzasidan o‘rganish natijalari hamda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha 10 kun muddatda asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish talabi qo‘yilgan. Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olingan.

Slide 1 of 3