35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

24 TAVSIYA IJROSI — AMALDA

Yoyilma MFY

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati X. Xolmatov va Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Yusupov Yoyilma MFY hududida bo‘lishdi.

Tashrif davomida Andijon shahar Qurilish va uy-joy kommunal bo‘limi boshlig‘i J. Mamadaliyev hamda “Shinam mahalla” BSQ mas’ullari bilan birgalikda hududdagi 22-22A va 23-23A ko‘p qavatli uylarida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

Jumladan, uylar fasadini ta’mirlash, temir eshik va kodli zamoklar o‘rnatish hamda kirish qismlarini ta’mirlash ishlari bilan tanishildi.

Mazkur ishlar 24 tavsiya ijrosini ta’minlash doirasida hududdagi obodonlashtirish va yashash sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan.

Slide 1 of 2