35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari va Kengash kotibiyati tomonidan 16-17 sentabr kunlari amalga oshirilgan ishlar yuzasidan
янв.21
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari va Kengash kotibiyati tomonidan 14-15 sentabr kunlari amalga oshirilgan ishlar yuzasidan dayjesti
янв.21
Suyultirilgan gaz ballonlari bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
MAKTABDAGI SPORT ZALLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Deputatlik so‘roviga asosan chiqindilar masalasi o‘rganildi
янв.21
MAHALLADA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVIGA JAVOB: MUAMMO IJOBIY YECHIM TOPDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SHAXSIY TARKIB HUJJATLARI DAVLAT ARXIVI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MODDIY-MADANIY MEROS OBYEKTI HOLATI O‘RGANILDI
🏃‍♂️ MAHALLADAGI SPORT INSHOOTLARI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI

🏃‍♂️ MAHALLADAGI SPORT INSHOOTLARI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI

📍 Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashining 12-Aranshi saylov okrugi deputati Djumanova Rano Amanovna nomidan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Eshov tomonidan “Yangi yo'l” mahalla fuqarolar yig‘inida aholi va yoshlarning jismoniy tarbiya hamda sport bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida mahalla hududida mavjud sport maydonchalari va boshqa sport inshootlarining bugungi holati, ulardan samarali foydalanish darajasi hamda aholi, ayniqsa, bolalar va yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanish imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.

📋 Sport inshootlarining moddiy-texnik holati, mavjud jihozlarning sozligi va ulardan foydalanish imkoniyatlari, sport maydonlarida zarur shart-sharoitlarning yaratilganligi atroflicha o‘rganildi.

🏃‍♂️ O‘rganish jarayonida bolalar va yoshlarni ommaviy sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda mahallada turli sport musobaqalari va tadbirlarini muntazam tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Shu bilan birga, mavjud sport inshootlaridan foydalanish samaradorligini oshirish, ularni zarur hollarda ta’mirlash va qo‘shimcha jihozlash, shuningdek, aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli takliflar bildirildi.

📌 O‘rganish yakunida mahallada sport bilan shug‘ullanish uchun yaratilgan imkoniyatlarni yanada kengaytirish, aholi va yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda mavjud sport inshootlaridan samarali foydalanishni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokama qilindi.

💪 Sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish va yoshlarni sportga jalb qilish — barkamol avlodni voyaga yetkazishning muhim omillaridan biridir.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Slide 1 of 2