Avvalgi postlarimizdan birida Yunusobod tumanidagi Iftixor va
A. Po‘lat ko‘chalari kesishmasida joylashgan yo‘l lyuklarining nosoz holati haqida xabar bergan edik.
🗣Mazkur masala 2026-yil 13-avgust kuni Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati O.R. Kashkarov hamda “Usta Shirin” mahallasi ko’cha boshisi tomonidan o‘rganilib, tegishli mutasaddilarga murojaat qilindi.
🤝Deputatning Yunusobod tumani hokimligi kommunal bo‘limi boshlig‘iga qilgan murojaati natijasida muammo qisqa muddatda o‘z yechimini topdi.
✅Xususan, hokimlikning kommunal xizmat xodimlari tomonidan tun vaqtida mazkur chorrahadagi yo‘l qoplamasining nosoz qismi ta’mirlandi. Shuningdek, kanalizatsiya lyuklari demontaj qilinib, qayta o‘rnatildi.
⏱️Ta’kidlash joiz, mazkur muammoni mustaqil ravishda bir oy davomida hal etishga uringan ko’cha boshisi deputat bilan uchrashuvdan so‘ng masala 10 kun ichida ijobiy hal etilganini bildirdi.
🇺🇿Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi tomonidan aholi murojaatlarida ko‘tarilayotgan muammolarni o‘rganish, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish hamda ijrosini nazorat qilish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.