35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

Deputatlik nazorati doirasida Savdo-sanoat palatasi faoliyati o‘rganildi

Deputatlik nazorati doirasida Savdo-sanoat palatasi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati K. Abdullayeva o‘ziga biriktirilgan hududda deputatlik nazoratini amalga oshirish maqsadida Savdo-sanoat palatasi Termiz tuman bo‘limiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Savdo-sanoat palatasi tuman bo‘limining 2026-yil birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari, tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, murojaatlar bilan ishlash, yangi loyihalarni amalga oshirish hamda tadbirkorlik muhitini yaxshilash borasida erishilgan natijalar bilan tanishildi.

Shuningdek, bo‘limning yilning ikkinchi yarmiga mo‘ljallangan ustuvor vazifalari, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Deputat tomonidan faoliyat samaradorligini yanada oshirish, tadbirkorlar bilan ishlash sifatini yaxshilash hamda hududda tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan tegishli tavsiya hamda takliflar bildirildi.

Slide 1 of 2