Новости

Последние новости

QONUNNI BILISH – HUQUQNI HIMOYA QILISH DEMAKDIR!

QONUNNI BILISH – HUQUQNI HIMOYA QILISH DEMAKDIR!

Oʻzbekiston Respublikasining “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni (1996-yil 26-aprel, 221-I-son) isteʼmolchilarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, sifatli tovar va xizmatlardan foydalanish hamda sotuvchi va xizmat ko‘rsatuvchilarning masʼuliyatini belgilaydi.

🫥 Har bir isteʼmolchi quyidagi huquqlarga ega:

🔹 tovar va xizmatlar haqida toʻliq hamda ishonchli maʼlumot olish;
🔹 sifatli va xavfsiz mahsulotlardan foydalanish;
🔹 nuqsonli tovarni almashtirish yoki xarid pulini qaytarib olishni talab qilish;
🔹 yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararning qoplanishini soʻrash;
🔹 buzilgan huquqlarini vakolatli organlar va sud orqali himoya qilish.

Huquqlaringizni bilish – sifatli xizmat va adolatli savdoning muhim kafolatidir.