Fuqarolar murojaatlari tinglandi
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi bosh mutaxassisi K. Abdullayeva tomonidan Uchqizil MFY hududida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazilib, murojaatlar daftarining yuritilishi o'rganildi.
Uchrashuv davomida aholini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar o‘rganildi, murojaatlar tegishliligi bo‘yicha nazoratga olinib, ularni qonunchilik doirasida hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini joyida o‘rganish hamda amaliy yechim topishga qaratilgan bunday uchrashuvlar izchil davom ettirilmoqda.