Новости

Последние новости

Shaxsga doir ma’lumotlar himoyasi – qonuniy kafolat ostida:

 Shaxsga doir ma’lumotlar himoyasi – qonuniy kafolat ostida:

O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuni fuqarolarning shaxsiy hayoti daxlsizligini ta’minlash, ularning ma’lumotlarini himoya qilish hamda ushbu sohadagi munosabatlarni tartibga solishga xizmat qiladi.

Mazkur qonunga ko‘ra, shaxsga doir ma’lumotlar — bu muayyan jismoniy shaxsga tegishli bo‘lgan yoki uni aniqlash imkonini beradigan har qanday axborot hisoblanadi. Ushbu ma’lumotlar bilan ishlash (yig‘ish, saqlash, uzatish, tarqatish va boshqalar) faqat qonuniy asosda va aniq belgilangan maqsadlarda amalga oshirilishi lozim.

💠 Qonunning asosiy prinsiplari:

🔹 shaxsiy hayot daxlsizligini ta’minlash
🔹 ma’lumotlarning aniqligi va ishonchliligi
🔹 maxfiylik va xavfsizlikni ta’minlash
🔹 fuqarolarning huquq va erkinliklariga rioya qilish

🫥 Muhim jihatlardan biri — fuqarolar o‘z shaxsiy ma’lumotlariga egalik qiladi va:

🔹 ularning qanday ishlatilayotganini bilish
🔹 noto‘g‘ri ma’lumotlarni tuzatish
🔹 ma’lumotlardan foydalanishni cheklash yoki to‘xtatish
🔹 rozilikni istalgan vaqtda bekor qilish huquqiga ega

🫥 Shuningdek, qonunchilikka ko‘ra, shaxsga doir ma’lumotlarni egasining roziligisiz tarqatish yoki oshkor etish taqiqlanadi. Bunday holatlar qonuniy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

🫥 Davlat esa shaxsga doir ma’lumotlarning himoya qilinishini kafolatlaydi hamda bu borada tegishli nazorat va tartibga solish mexanizmlarini amalga oshiradi.

📌 Xulosa qilib aytganda, ushbu qonun har bir fuqaroning shaxsiy ma’lumotlari xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi va zamonaviy axborotlashgan jamiyatda muhim ahamiyat kasb etadi.