Новости

Последние новости

Kasanachilik bilan shug‘ullanayotgan xotin-qizlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 3-Romish saylov okrugidan saylangan deputat R.Bozorova saylov okrugida kasanachilik bilan shug‘ullanayotgan xotin-qizlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
♻️Uchrashuv davomida xotin-qizlarning mehnat faoliyati, ular uchun yaratilgan imkoniyatlar, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning bozorgirligini oshirish hamda daromad manbalarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, kasanachilikni yanada rivojlantirish, davlat tomonidan berilayotgan imtiyoz va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlaridan samarali foydalanish yuzasidan fikr almashildi.
♻️Deputat R.Bozorova uchrashuv ishtirokchilarining taklif va murojaatlarini tinglab, ularni qiynayotgan masalalarni hal etish hamda xotin-qizlarning bandligini ta’minlashga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishini ta’kidladi.

Slide 1 of 3