Новости

Последние новости

янв.21
Hafta davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Deputat tomonidan hududdagi savdo shoxobchalari va ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
Amir Temur mahallasidagi 17-maktab rekonstruksiya ishlari o‘rganildi
янв.21
Amir Temur mahallasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Amir Temur mahallasida “Open budget” doirasidagi asfalt ishlari deputatlar tomonidan o‘rganildi.
янв.21
Iste’mol krediti to‘g‘risidagi Qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi
янв.21
Qo‘ng‘irot mahallasidagi kanallar holati deputat nazoratida
янв.21
Yoshlar sporti uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan byudjet daromadlari ijrosi va qo‘shimcha manbalarni safarbar etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Deputat R. Shamanov Qoʻngʻirot mahallasida oʻzini o‘zi band qilgan fuqarolar faoliyati bilan tanishdi.
Yo‘rmadoz saylov okrugida o‘rganish o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-406-son qarori hamda Senat Kengashining KQ-35-V-son qarorlari ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan tavsiyalar asosida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati tomonidan joylarda o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.

Shu maqsadda deputatlik o‘rni bo‘sh qolgan 4-Yo‘rmadoz saylov okrugida Kengash kotibiyati mudiri A.Ermatov tomonidan o‘rganish o‘tkazildi. Unda kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova, mahalla faollari hamda profilaktika inspektori Sh.Rajavaliyev ishtirok etdi.

O‘rganish jarayonida profilaktika inspektorining hududdagi faoliyati, aholi bilan ishlash samaradorligi va mavjud muammolar yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, mahalla raisi lavozimi vakant ekanligi qayd etildi.

Mahalla yettiligi vakillari va faollari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda hudud aholisi uchun dolzarb bo‘lib turgan masalalar muhokama qilindi. Xususan, mahalla fuqarolar yig‘ini uchun alohida bino mavjud emasligi, shu sababli mahalla yettiligi hozirda 4-oilaviy poliklinika filiali binosining ikkinchi qavatida vaqtinchalik faoliyat yuritayotgani ta’kidlandi.

Faollar ushbu holat fuqarolar, ayniqsa nuroniylar uchun qator noqulayliklarni keltirib chiqarayotganini bildirib, mahalla idorasi uchun munosib sharoit yaratish masalasida amaliy yordam so‘radilar.

Bildirilgan murojaat deputatning ko‘cha aylanish daftariga qayd etilib, masalani hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborilishi belgilandi.

Ta’kidlash joizki, joylarda olib borilayotgan bunday o‘rganishlar hududlardagi muammolarni aniqlash, aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularning yechimiga ko‘maklashishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 6