Новости

Последние новости

янв.21
“To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi Qonun – iqtisodiy barqarorlik kafolati
янв.21
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida o‘rganish olib borildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari e’tibor markazida
янв.21
Oilaviy tadbirkorlik – oila farovonligi va iqtisodiy barqarorlik omili
янв.21
Sabzipoya MFY hududida ichki kanallar va aholini suv bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida o‘rganish olib borildi
янв.21
Tashabbusli budjet loyihasi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Ekspert guruhi – mahalliy Kengashlar faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qiladi
янв.21
Mahallada olib borilayotgan ishlar va “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati J. Taxchiyeva fuqarolar murojaatini joyiga chiqib o‘rgandi
📌 DEPUTATLIK NAZORATI AMALDA

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri Izzat Masharipov hamda tuman Kengashi deputati Matuba Nurjanova tomonidan Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 2026-yil 24-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–48-sonli qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risida”gi VII-21-21-12-177-K/26-sonli qarorining ijrosi yuzasidan monitoring ishlari olib borildi.
📍 Mazkur qaror bilan tasdiqlangan manzilli dasturga muvofiq:
🔹 Istiqbol mahallasi Gurlan ko‘chasidagi 45-sonli ko‘p kvartirali uy hududida bolalar maydonchasi va irrigatsiya tarmoqlarini qurish;
🔹 46-sonli ko‘p kvartirali uy uchun tashqi hojatxona qurish ishlari belgilangan.
🔎 O‘rganishlar davomida mazkur obyektlar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning borishi, belgilangan vazifalarning ijro holati va mavjud muammolar yuzasidan ma’lumotlar to‘planmoqda.
📨 Shu munosabat bilan Shovot tumani hokimligining Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limidan:
✅ bugungi kunga qadar bajarilgan ishlar;
✅ obyektlarning amaldagi ijro holati;
✅ moliyalashtirish manbalari;
✅ ishlarni yakunlash muddatlari;
✅ mavjud muammo va to‘siqlar
yuzasidan batafsil ma’lumot taqdim etish so‘raldi.
🎯 Maqsad — manzilli dastur doirasida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash hamda aholi uchun qulay infratuzilma yaratish.
🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi
Telegram | Web-sayt | Facebook